Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
⚡️ Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Hudud obodligi yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
162 ta Qonun ijrosi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasiga olib kelingan yangi beton ustunlarning sifati, texnik holati va talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan yoshlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Aholi manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!
янв.21
Baxmal tuman Kengashi kotibiyati: Yangi haftada yangi vazifalar
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining joriy haftadagi ish rejasi belgilab olindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
#24_ta_masala
Haftalik ish rejasi doirasida deputat mahallada

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat G.F.Umarova “At-Termiziy” MFYda “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ijtimoiy soha yo‘nalishlariga oid mahalladagi muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordi. 

 Deputat G.F.Umarova avvalo “At-Termiziy” MFY yettiligi bilan uchrashib, O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha yettilikning asosiy vazifalari to‘g‘risida va deputatning maqomi uning vakolati doirasidagi faoliyati haqida suhbat o‘tkazdi.

Suhbat jarayonida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 2026-yil 24-mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarorining ijrosi hamda Mirobod tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilgani haqida ma’lumot berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
 Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 8