Inson qadri – amaliy e’tibor markazida
🏦 Kosonsoy tumanidagi Hurriyat MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadoniga Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Hamzayev tomonidan navbatdagi o‘rganish tashrifi amalga oshirildi.
🕯 Tashrif davomida deputat aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik turmushi, sog‘ligi va ijtimoiy ahvoli bilan bevosita tanishdi. Ayniqsa, xonadonda mavjud muammolar, ehtiyojlar va murojaatlar diqqat bilan tinglandi.
⌛Suhbat jarayonida bemorlarning davolanish holati, tibbiy xizmatlardan foydalanish darajasi, zarur dori vositalari bilan ta’minlanganlik masalalari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi