Deputatlik faoliyati — qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida Xalq deputatlari shaxar, tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
⌛ Qonunchilikka muvofiq, deputatlar nafaqat qaror qabul qilishda, balki uning amalda ijrosini nazorat qilishda ham faol ishtirok etmoqdalar.
⌛Joylarda oʻtkazilayotgan oʻrganishlar, aholi bilan muloqotlar va deputatlik soʻrovlari orqali:
— fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar aniqlanmoqda;
— qonunlar ijrosidagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda;
— tegishli tashkilotlar faoliyatiga huquqiy baho berilmoqda.
📣Deputatlar tomonidan bildirilayotgan taklif va tashabbuslar qonunchilikni takomillashtirish, uning amaldagi samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
⚖️Qonun ustuvorligi — adolatli jamiyatning mustahkam poydevoridir.
🤝Shu bois, deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — har bir fuqaroning huquqlari ishonchli himoya qilinishi va qonunlar hayotda toʻliq ishlashiga erishishdan iborat