Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔖Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganild
янв.21
ℹ️ Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
🔖 Inson qadri – amaliy e’tibor markazida
янв.21
Deputatlik faoliyati — qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida Xalq deputatlari shaxar, tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
🔰 Tashabbus va hamjihatlik samarasi: Uzunqishloqda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
янв.21
Kosonsoylik sportchilar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — e’tibor markazida
янв.21
🔖Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
☄️ Bog‘kucha MFY, Nokzor ko‘chasida yashovchi aholidan elektr kuchlanishining pastligi yuzasidan murojaat kelib tushdi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi
Yolg‘iz keksalar xonadonida hashar tashkil etildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 11- Muqumiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov tashabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasi Qoramirzo ota qishlog‘ida yashovchi yolg‘iz keksalar xonadonida 30 nafar ko‘ngilli yoshlar ishtirokida hashar tashkil etildi.

Hashar davomida xonadon hovlisi to‘liq begona o‘tlardan tozalandi, 200 dona pomidor, bulg‘or qalampiri va qalampir ko‘chatlari o‘tqazildi, shuningdek 500 dona rayhon ko‘chatlari ekildi.

Xonadon oqlanib, tartibsiz elektr energiyasi simlari tartibga keltirildi hamda xavfsiz holatga keltirilib qaytadan ulandi. Bundan tashqari, o‘tinlar maydalab tartibga keltirildi.

Hashar so‘ngida osh damlanib, dasturxon atrofida kelgusidagi ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 3