Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A.Dadajonov tomonidan “Iftixor” mahallasida joylashgan ko‘prik muammosi o‘rganildi.
🔍 Aniqlanishicha, Iftixor MFYdan Gurmiron MFYga ketish yo‘ldagi Kosonsoy soyidan o‘tish ko'prigi ta’mirtalab (yorilgan) xolga kelgan. Bu holat fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.
🛠 Mazkur hududda vaqtincha sement-beton qorishmasi yotqizilganiga qaramay, muammo to‘liq bartaraf etilmagan.
📌 Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan murojaat yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
❗️ Holat deputat tomonidan nazoratga olindi