Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔖Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganild
янв.21
ℹ️ Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
🔖 Inson qadri – amaliy e’tibor markazida
янв.21
Deputatlik faoliyati — qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida Xalq deputatlari shaxar, tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
🔰 Tashabbus va hamjihatlik samarasi: Uzunqishloqda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
янв.21
Kosonsoylik sportchilar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — e’tibor markazida
янв.21
🔖Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
☄️ Bog‘kucha MFY, Nokzor ko‘chasida yashovchi aholidan elektr kuchlanishining pastligi yuzasidan murojaat kelib tushdi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi
#live_doimiy_komissiya_yig‘ilishi

#live_doimiy_komissiya_yig‘ilishi

Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiya yig'ilishida quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi:

 

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar holati to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasining hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida;

 - Shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosining holati to‘g‘risida;

 - Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan so‘rovlarga o‘z vaqtida javob berish holatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;

 - Huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligi to‘g‘risida;

 - Shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida;

 - Shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, atrof muhitning holati haqida;

 - Kogon shahar mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak yakuni bilan shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida;

 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Kogon shahrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

 - Kogon shahrida Xalq qabulxonasi bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahri tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

 - Kogon shahar mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida;

 - Kogon shahar budjetining qoʻshimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida;

 - Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)