Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔖Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganild
янв.21
ℹ️ Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
🔖 Inson qadri – amaliy e’tibor markazida
янв.21
Deputatlik faoliyati — qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida Xalq deputatlari shaxar, tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
🔰 Tashabbus va hamjihatlik samarasi: Uzunqishloqda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
янв.21
Kosonsoylik sportchilar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — e’tibor markazida
янв.21
🔖Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
☄️ Bog‘kucha MFY, Nokzor ko‘chasida yashovchi aholidan elektr kuchlanishining pastligi yuzasidan murojaat kelib tushdi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar

Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-son qaroriga muvofiq, tumanda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yangi bosqichga olib chiqilmoqda. Mazkur qaror hudud infratuzilmasini rivojlantirish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitlarini yaratishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.

 📁 Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori, shuningdek, 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda. Shu asosda tumanda ichki yo‘llar holatini yaxshilash va ularni zamonaviy talablarga moslashtirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

 💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirokida mazkur qaror ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida hududlardagi ichki yo‘llarning bugungi holati, aholiga yaratilayotgan qulayliklar hamda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bevosita ko‘zdan kechirildi.

 🔼 Qarorga muvofiq, 2026-yil davomida tumanda jami 50 000 kv. metr ichki yo‘llarni asfaltlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 4,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bu esa yo‘l infratuzilmasini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.

 📌 Xususan, Uchtepa tumanining “Foziltepa” MFYga qarashli Izza ko‘chasidagi 4-, 5-, 8- va 20-uylar hududida jami 5 110 kv. metr maydonda asfalt qoplamasi yotqizildi. Mazkur ishlar uchun byudjetdan 450 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Amalga oshirilgan ishlar fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinib, ularning ijobiy fikrlari bildirildi.

 ✅ Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nafaqat transport qatnovini yengillashtiradi, balki piyodalar uchun ham xavfsiz va qulay muhit yaratadi. Ayniqsa, mahallalar ichki yo‘llarining yaxshilanishi aholi turmush darajasiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 🗓 Mutasaddilar ta’kidlashicha, yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi qat’iy nazoratga olingan. Har bir manzil asosida ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 📊 Xulosa qilib aytganda, Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.

Slide 1 of 6