Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Qurbonova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P. Raxmanov Saidlar mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahallada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning natijadorligi tahlil qilindi.
O‘rganish yakuniga ko‘ra, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash yuzasidan davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ushbu jarayonga deputatlar korpusini faol jalb qilish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.