alq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Karimaxon Abbosxonova “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 24-Navbahor okrugi hududida joylashgan 8-sonli maktabda tashkil etilgan obodonlashtirish va daraxt ekish tadbirida faol ishtirok etdi.
📝 Tadbir davomida hududni yanada yashil va obod maskanga aylantirish maqsadida beg‘araz ravishda mevali daraxt ko‘chatlari — yong‘oq, o‘rik va shaftoli ekildi. Ushbu ishlar nafaqat muassasa hududining ko‘rkini oshirish, balki bolajonlar uchun sog‘lom va ekologik toza muhit yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🔎Jarayonga mahalla faollari, maktab jamoasi ham faol jalb etilib, hamjihatlikda amalga oshirilgan ishlar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
🔺 Mazkur aksiya ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi izchil ishlarning amaliy davomidir.