Avval xabar qilinganidek, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Dilfuza Valiyeva tomonidan “Yoshlik” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda aholi tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarilgan edi.
✅ Mazkur murojaatlar asosida chiqarilgan deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan quyidagi ijobiy natijalarga erishildi:
🏫 50-sonli umumta’lim maktabining yangi qurilgan sport zaliga zarur sport jihozlari bilan ta’minlandi. Endilikda o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanish uchun yanada qulay sharoit yaratildi.
💧 Shuningdek, “Yoshlik” MFY hududida uzoq yillardan buyon dolzarb bo‘lib kelayotgan ichimlik suvi muammosini hal etish maqsadida 135 million so‘m mablag‘ ajratilib, amaliy ishlar boshlandi.