Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰 Kushon MFYda amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰“Xalq bilan birga” – ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam
янв.21
🔰 Davlat grantlari doirasida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganild
янв.21
🔰«Inson» markazi — Kosonsoyda ijtimoiy himoyaning ishonchli manzili
янв.21
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌴Kosonsoy tumani 24-Navbahor saylov okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
🔰DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Kosonsoyda deputat va tadbirkor uchrashuvi
янв.21
📢 “Yoshlik MFY”da ichimlik suvi masalasi hamda 50-maktabning yangi qurilgan sport zaliga sport anjomlari yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi
янв.21
🏛 Prezident qarori ijroda
Muborak tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi

Bugun Muborak tumani Politexnikumida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida bir qator tashkilot va korxonalar hamda xususiy bandlik agentliklari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi raisi N. Yusupov, kotibiyat mudiri A. Qurbonov, bosh mutaxassis T. Avezov hamda deputatlar O. Abdiyeva, N. Komilova hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi B.Choriyevlar qatnashib, tumandagi ishsiz yoki band bo‘lmagan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqarolarga mavjud ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan dasturlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka aholining, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 5