Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔖Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganild
янв.21
ℹ️ Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
🔖 Inson qadri – amaliy e’tibor markazida
янв.21
Deputatlik faoliyati — qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida Xalq deputatlari shaxar, tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
🔰 Tashabbus va hamjihatlik samarasi: Uzunqishloqda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
янв.21
Kosonsoylik sportchilar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — e’tibor markazida
янв.21
🔖Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
☄️ Bog‘kucha MFY, Nokzor ko‘chasida yashovchi aholidan elektr kuchlanishining pastligi yuzasidan murojaat kelib tushdi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi
Yo‘l xaritalari ijrosi deputat nazoratida

Yo‘l xaritalari ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” doirasida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda bosh mutaxassis T.Murodov tumandagi “Nurafshon” MFY hududiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Hududda toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun quvurlar (trubalar) olib kelinib joylashtirilgan bo‘lib, qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich davom etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, piyodalar yo‘lakchasi qurish hamda energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari yakuniga yetgan. Yangi piyodalar yo‘lakchasi hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratib, u yerda skameykalar, chiqindi tashlash uchun maxsus konteynerlar, shuningdek ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus taktil plitalar o‘rnatilgan.

Tashrif davomida Termiz tumani hududidagi 25-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish hamda maktab hududini to‘liq o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani, obyektni 1-avgustga qadar topshirish rejalashtirilgani, shu bilan birga uni muddatidan avval foydalanishga topshirish uchun faol ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9