Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔖Kosonsoy tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar o‘rganild
янв.21
ℹ️ Yoshlar bandligi va mahalla osoyishtaligi – ustuvor yo‘nalish
янв.21
🔖 Inson qadri – amaliy e’tibor markazida
янв.21
Deputatlik faoliyati — qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida Xalq deputatlari shaxar, tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
🔰 Tashabbus va hamjihatlik samarasi: Uzunqishloqda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
янв.21
Kosonsoylik sportchilar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — e’tibor markazida
янв.21
🔖Hududdagi muammolar – deputat nazoratida, amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
☄️ Bog‘kucha MFY, Nokzor ko‘chasida yashovchi aholidan elektr kuchlanishining pastligi yuzasidan murojaat kelib tushdi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A. Dadajonov tomonidan tumandagi “Shirinbuloq” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida Payariq tumani hududida “Xotira maydoni”ni tashkil etish to‘g‘risidagi masalasi ko‘rib chiqildi.

#SESSIYA

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida Payariq tumani hududida “Xotira maydoni”ni tashkil etish to‘g‘risidagi masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ta’kidlanganidek, yurtimiz mustaqilligi, tinchligi va ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va tarixga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Payariq tumani hududida “Xotira maydoni”ni tashkil etish, ushbu maskanda Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini ulug‘lash, shuningdek, ularning jasorati va fidoyiligini yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladigan yodgorliklar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 1