Konimex tumani Kengashi deputati Ruslan Ro'ziyev tumandagi fermer xo‘jaliklari paxta va bug'doy dalalarida amalga oshirilayotgan meliorativ holati, sug‘orish tizimi va paxta dalalarida unib chiqayotgan paxta nihollari parvarishi borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Fermer xo‘jaliklari agro texnikalarni paxta dalalariga ishlov berishga tayyorlash ishlarini jadallashtirish, bug‘doy dalalarida oziqlantirish mineral o‘g‘itlarini o‘z vaqtida hamda o‘z me'yoridan og‘ishmagan holda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berdi.