Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida Konimex tuman Kengashi raisi Ruslan Ro'ziyev tashabbusi va amaliy ko'magi bilan "Navro'z" MFY da joylashgan tikuvchilik sexi faoliyati qayta tashkil etilib, bu yerda mahallalarda ishsiz xotin-qizlar tikuvchilik yo'nalishida o'qitilib, bandligi ta'minlanmoqda.

Bugungi kunda mazkur tikuvchilik sexida ichki bozor hamda eksportbop mahsulotlar tayyorlanmoqda. Konimex tuman Kengashi raisi Ruslan Ro'ziyev mazkur tikuvchilik sexida bo'lib, tadbirkor faoliyati, muammo va murojaatlarini o'rgandi.

Slide 1 of 1