Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik nazorati: aholi bandligi — e’tiborda

Deputatlik nazorati: aholi bandligi — e’tiborda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi aholining, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 964-son qarori hamda unda belgilangan vazifalar asosida tashkil etilib, mahallalarda bandlik holatini amaliy jihatdan o‘rganishga qaratiladi. Qarorda mahalla, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar tizimi hamda mehnat organlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish vazifalari belgilangan.

🔎 Deputatlar o‘rganish davomida:
▫️ mahallalardagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar soni;
▫️ yoshlar va xotin-qizlarning bandlik holati;
▫️ mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularning amaldagi holatga muvofiqligi;
▫️ fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
▫️ kasb-hunarga o‘qitish va bandlikka yo‘naltirish jarayonlari;
▫️ tashkilotlararo hamkorlikning samaradorligi;
▫️ “Ishga joylashtirish” axborot tizimiga ma’lumotlarning kiritilishi;
▫️ hisobotlarda ko‘rsatilgan ishga joylashtirish natijalarining amaldagi holatga mosligi o‘rganiladi.

📊 Asosiy e’tibor — natijaga.
Deputatlar faqat statistik ma’lumotlarni o‘rganish bilan cheklanmay, ishga joylashtirilgan fuqarolarning haqiqatda ishlayotganligi, mehnat shartnomasi va ishga qabul qilish buyrug‘i mavjudligi, bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ham joyiga chiqib tekshiradi.

🤝 Maqsad — raqamlar ortidagi real natijani aniqlash, mavjud muammolarni joyida ko‘rish va fuqarolarning munosib mehnat bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish.

Slide 1 of 4