Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#24_ta_tavsiya #o'rganish
Olmaliq shahar “Chambil” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning barvaqt oldini olish va hududda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Ushbu tahliliy oʻrganish jarayonida:
🏛 Sevar Qodirova — Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
👤 Faxriddin Matasimov — Hudud deputati va “Chambil” mahalla fuqarolar yigʻini raisi;
👮‍♂️ Profilaktika inspektori hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
📊 Asosiy muhokama va tahlil yoʻnalishlari
Uchrashuvda profilaktika inspektorining 2026-yilning 6 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy va tahliliy ruhda koʻrib chiqildi. Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilik koʻrsatkichlarini jilovlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan birga, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi muhim ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, oʻrganishlar doirasida hududda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 sonli qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan amaliy ishlar holati atroflicha koʻzdan kechirildi.

🔍"Xonadonlar bo'yicha aniqlangan muammolar deputatning "koʻchama-koʻcha" — muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritilib ijro nazoratiga olindi.

Deputat Faxriddin Matasimov tomonidan hududni kompleks rivojlantirish va aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida profilaktik tadbirlar bevosita aholi xonadonlarida davom ettirildi.
Oʻrganishlar natijasida:
Hududda aniqlangan har bir ijtimoiy-iqtisodiy hamda xavfsizlikka oid muammo deputatning “Koʻchama-koʻcha yurish va muammolarni qayd qilish jurnali”ga kiritildi.

Aniqlangan masalalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlarini yuborish va ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilandi.

Xulosa oʻrnida: Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va mahalla faollarining jipslashgan hamkorligi — hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda "Jinoyatdan holi mahalla" tamoyilini amalda qaror toptirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 6