Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi 28-sessiyasida Parkent tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning birinchi choragi davomida qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonida mavjud
qonunbuzarliklar yuzasidan axborotini eshitish belgilangan.Shu munosabat bilan sessiyaga tayyorgarlik doirasida tumandagi fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputatlar aholini
navbatdagi sessiya kun tartibiga Parkent tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti kiritilganidan xabardor qilib, mazkur yo‘nalishda fuqarolarni qiynayotgan muammo, murojaat va takliflari yuzasidan murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidladilar.Ochiq muloqotda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Azizov Umid Maxsudovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari M.Mirislomov, tuman hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi I.Jambilov hamda Parkent tuman hokimligi Qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi F.Narimonov ishtirok etdi.Muloqot davomida fuqarolar tomonidan huquqiy masalalar, murojaatlar bilan ishlash, qurilish va boshqa yo‘nalishlarga oid jami 10 ta murojaat bildirildi.
Mazkur murojaatlar mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida bevosita muhokama qilinib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berildi.Murojaatlarning 5 tasi joyida huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish
orqali hal etildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib,ularni ko‘rib chiqish, amaliy yechimini ta’minlash hamda natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish maqsadida nazoratga olindi.Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar kelgusida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni aholi manfaatlari bilan uyg‘unlashtirish,mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.Bunday ochiq muloqotlar deputatlik faoliyatini aholi bilan bevosita bog‘lash,fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida ularni muhokama qilish va murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 7