Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “T.Rizayev” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, isitish uskunalari va qozonxonalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun xavfsiz va munosib sharoitlar yaratilganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish davomida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan, maktabdagi sinfxonalarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda va mazkur ishlarni 15-avgustga qadar
yakunlash rejalashtirilgan.Shuningdek, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari kuz-qish mavsumi buyicha amalga oshirilishi lozim bulgan ishlar kisman bajarilgan tayerlash ishlari davom etmokda. Maktabdagi qozonxonalar foydalanishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, yong‘in xavfsizligi vositalari va zarur anjomlar bilan ta’minlangan.O‘rganish yakunida maktabning yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 5