35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Limonzor" mahallasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholining turmush darajasini oshirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga ijobiy yechim topish borasida deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 17-Limonzor saylov okrugidan saylangan deputat S.Shaydilov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Limonzor" MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotlar davomida aholining yashash sharoiti, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolar va takliflar eshitildi.

Uchrashuv poyonida mahalla faollari bilan birgalikda Dehqonobod ko‘chasiga tashrif buyurilib, yangi o‘rnatilgan transformator punktini ishga tushirish va uning atrofini xavfsizlik me’yorlari bo‘yicha muhofaza qilish masalasi joyida o‘rganildi. Bildirilgan barcha murojaatlar nazoratga olinib, deputat o'zining murojaatlar daftariga qayd etib, ularni mas’ul mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi va deputatlik so'rovi chiqarish belgilandi.

Slide 1 of 8