35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan "Gulsaroy" MFY mahalla fuqarolar yig'inida navbatdagi qabul o‘tkazildi. Qabulda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva ishtirok etdi.

👥 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, tibbiy va ishga joylashtirish bo‘yicha bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan masalani atroflicha o‘rganish, qonunchilik doirasida hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👥 Shuningdek, mahalla raisi va follari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, Muxtaram Prezidentimiz tomonidan mahallalarda obod va xavfsiz muhit yaratish, har bir ko‘cha va xonadon atrofida ozodalikni ta’minlash hamda aholining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda hududdagi mavjud masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

📌 Uchrashuv yakunida mahallalarda obod, ozoda va qulay muhitni ta’minlash, har bir ko‘cha va xonadon atrofida tozalikni saqlash hamda aholining jamoatchilik ishlaridagi faolligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 5