35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI HOLATI VA TUNGI YORITISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan hududdagi mahalla faollari hamda “Bunyodkor" ko'chasi ko‘chaboshisi ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining mavjud holati, yo‘l qoplamalarining sifati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish tizimining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Hudud aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar asosida ichki ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yoritish tizimini yaxshilash, qo‘shimcha chiroq ustunlarini o‘rnatish hamda mavjud infratuzilmani bosqichma-bosqich takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tartibda murojaatlar kiritilishi hamda mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

Hududlarda obodonlashtirish, xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 3