35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijtimoiy soha obyektlarida zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida hududlarda tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlari saylangan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.O‘rganishlar davomida obyektlardagi tabiiy gaz hisoblagichlari va isitish uskunalarining texnik holati, qozonxonalar, mavjud gaz quvurlari va issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, dudburonlarning tozalanganligi hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berilib,ularning ijrosi jamoatchilik nazoratiga olinmoqda.Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputati Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan
o‘zi saylangan okrug hududidagi “Istiqbol” MFYda joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida maktabning isitish tizimi, qozonxonalari va isitish uskunalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar hamda yong‘in xavfsizligi vositalari ko‘zdan kechirildi.O‘rganish davomida maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan bir qatorda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik choralari ham reja asosida olib borilayotgani aniqlandi. Maktab qozonxonalarining foydalanishga tayyor holatga keltirilgani, zarur texnik vositalar va yong‘in xavfsizligi anjomlari bilan ta’minlangani qayd etildi.O‘rganish yakunida maktabning yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha obyektlarining barqaror va xavfsiz faoliyat yuritishi ta’minlanishi ustidan nazorat olib boriladi.
  

Slide 1 of 4