35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
AHOLI BILAN MULOQOTDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Navro‘z” mahallasining “Muqumiy” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari ham ishtirok etdi.Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan jami 2 ta murojaat bildirildi.Xususan, “Muqumiy” ko‘chasida ayni vaqtda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani ko‘cha boshlig‘i tomonidan ma’lum qilindi. Shuningdek, mahalladagi eski simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish zarurligi yuzasidan ham murojaat bildirildi.Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan belgilangan tartibda qayd etildi.Mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, aniqlangan masalalarning qonuniy yechimini ta’minlash hamda ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.  

Slide 1 of 4