35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

👥 Yoshlar maslahat guruhi — tashabbus va imkoniyatlar maydoni

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan bog‘liq masalalarni Kengash faoliyatida keng yoritib borishga qaratilgan muhim muloqot maydoni hisoblanadi.
🤝 Guruh faoliyati orqali yoshlar va deputatlar o‘rtasida bevosita muloqot yo‘lga qo‘yilib, yosh avlod vakillarini qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari o‘rganilmoqda. Bu esa yoshlarning jamoatchilik hayotidagi faolligini oshirish va mavjud muammolarga amaliy yechimlar izlashga xizmat qilmoqda.
📌 Yoshlar maslahat guruhi faoliyatida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
💡 yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslarini aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;
🤝 yoshlar bilan deputatlar o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni rivojlantirish;
📖 yoshlarning huquqiy bilimlari va qonunchilikka oid tushunchalarini oshirish;
🏘 mahallalarda yoshlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
🌱 yoshlarning ijtimoiy faolligi, volontyorlik va jamoatchilik tashabbuslaridagi ishtirokini kengaytirish;
🎓 ta’lim, kasb-hunar, bandlik va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha takliflarni ilgari surish.
📋 Shuningdek, guruh tomonidan yoshlarning murojaatlari, fikr-mulohazalari va tashabbuslari o‘rganilib, ularni tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
🌟 Yoshlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash — ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash demakdir. Faol, bilimli va tashabbuskor yoshlar esa hudud taraqqiyotining muhim tayanchidir.
🎯 Yoshlar tashabbusi — yangi imkoniyatlar va bunyodkor g‘oyalar sari muhim qadam!

Slide 1 of 1