35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojieva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahrining “Yog‘ bozori” MFY hududida joylashgan 5-sonli texnikumda “Tashabbusli byudjet – 2026” loyihasining 1-mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida texnikum binosining issiqlik tizimi, sport zali hamda hojatxonalarini ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holati, loyiha ijrosi va belgilangan muddatlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha doirasidagi qurilish ishlarini “Qurilish zamini Qo‘qon” MChJ pudrat tashkiloti amalga oshirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

Qurilish-ta’mirlash ishlarini 2026-yil noyabr oyining o‘rtalariga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

O‘rganish jarayonida ishlarning loyiha talablariga muvofiq, sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi, shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha Kengash deputatlari tomonidan nazoratga olinib, qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8