35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi PQ-5241-son qaroriga asosan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetiga biriktirilgan tumanning “Pargos” mahallasida joylashgan ko‘p tarmoqli texnikumni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida texnikum binosi va uning ichki hamda tashqi hududlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi, qurilish materiallaridan maqsadli foydalanish hamda ishlarni sifatli bajarish holati ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, o‘quv xonalari, ustaxonalar, ma’muriy xonalar va umumiy foydalanish joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’mirlash jarayonida ta’lim oluvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, xonalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

🔺Deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash bilan bir qatorda, bajarilayotgan ishlar sifatiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, o‘quv jarayoni boshlanguniga qadar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, texnikum hududini obodonlashtirish va mavjud infratuzilmani tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3