35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan “Dolzarb 40 kun” tadbiri doirasida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tumanning “Bog‘chaovul” mahallasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdilar.

🔻O‘rganish davomida mahalla hududining sanitariya holati, ichki ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarning tozaligi, yo‘l yoqalaridagi begona o‘tlarni bartaraf etish, to‘planib qolgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Xususan, mahalla hududida aholi va jamoatchilik ishtirokida tozalash ishlarini tashkil etish, ko‘chalar va yo‘l yoqalarini begona o‘tlardan tozalash, sanitariya talablariga javob bermaydigan hududlarni tartibga keltirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini faqat tadbir davrida emas, balki doimiy ravishda tashkil etish, har bir ko‘cha va hududning sanitariya holatini nazorat qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2