35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
INVESTITSIYA FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
#ekspert_guruhi
#doimiy_komissiya
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati


INVESTITSIYA FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasining 25.12.2019-yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, D. Arabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan “Master Innovation” qo‘shma korxonasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish yo‘nalishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulotlarning sifati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holati hamda ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.

“Master Innovation” qo‘shma korxonasi sement-beton ishlab chiqarishda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, korxona faoliyatida zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganish jarayonida ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash, mahalliy xomashyo va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish Kogon shahrining iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 3