35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#doimiy_komissiya_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida 22 ta mahalla xotin-qizlar faollari faoliyati qonunchilik talablari asosida tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Allamuratova tumandagi 22 ta mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning ish faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘RQ–561) hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘RQ–562) Qonunlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda nizoli va muammoli oilalar bilan profilaktik ishlarni olib borish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya raisi tomonidan muammolarni barvaqt aniqlash va profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mahalla xotin-qizlar faollariga tegishli uslubiy va amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3