35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "10-Oqmasjid" okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovich tashabbusi bilan Quyi Darxon mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida hududdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi, elektr va gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

⚡ Xususan, hududdagi 1255-sonli transformator punkti (TP)ning texnik holati, gaz taqsimlash punktlari (GTP) faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi mas’ullar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi BSK faoliyati, uylarning umumiy hududlari va kommunal xizmatlar holati ham o‘rganildi.

💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda tegishli mutaxassislar qatnashishdi.

📁 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholiga uzluksiz kommunal xizmat ko‘rsatish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari deputatlik nazoratida qoldirildi.

Slide 1 of 6