35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
18-MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#24_ta_muhim_masala
🖥18-MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonov tomonidan tumandagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabdagi 3- va 11-sinf xonalaridagi mavjud sharoitlar, jumladan, o‘quv xonalarining holati hamda isitish tizimining mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ta’lim muassasasi 564 o‘rinli bo‘lib, ayni paytda unda 276 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

O‘rganish jarayonida maktabda ta’lim sifatiga va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ayrim muammolar ham aniqlandi. Jumladan, maktabning faollar zali ta’mirtalab holatda bo‘lib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmagan.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4