35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Sardor Suvonqulov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq deputat Sardor Suvonqulov saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragidagi deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot berdi.

📝 Uchrashuvda tuman hokimligi mas’ul xodimlari, "mahalla yettiligi" vakillari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi. Deputat hisobot davrida saylovchilar bilan uchrashuv va qabullar o‘tkazilgani, murojaatlar o‘rganilib, ular yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilgani hamda tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilganini ma’lum qildi.

🗣 Shuningdek, Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatida hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet, tibbiyot, kommunal infratuzilma, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, yoshlar bandligi va jinoyatchilik profilaktikasi bo‘yicha ilgari surilgan takliflar hamda qarorlar ijrosi ustidan olib borilayotgan deputatlik nazorati haqida axborot berdi.

🤝 Ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llar, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, "Parvoz" mahallasidagi muammolar muhokama qilinib, BSK rahbari ishtirokida tegishli topshiriqlar berildi.

✅ Yakunda deputatning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, hududdagi muammolarni bartaraf etish va ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1