35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Tillakamar mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Tillakamar mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#HAFTALIK_ISH_REJA
#24_ta_masala

✅ Tillakamar mahallasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida ijtimoiy xodim faoliyati Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri O'.Murodov tomonidan o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning ehtiyojlarini aniqlash, tegishli ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.

✅ Ma’lumot uchun, bugungi kunda Tillakamar mahallasida Ijtimoiy reyestrda 35 nafar fuqaro ro‘yxatda turadi. Shuningdek, mahallada 43 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs, 1 nafar yolg‘iz fuqaro hamda vasiylikka olingan 6 nafar fuqaro mavjud.

✅ O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ularning murojaat va ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Ijtimoiy xodim faoliyatining samarali tashkil etilishi mahallada aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3