35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Aholi muammolari hamda "Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Мirabdullayev tomonidan tumfnning "Besh-tut" mahallasida aholi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.  

🔻Shuningdek, tumanimizda amalga oshirilayotgan "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi ham o‘rganildi. Xususan, ko‘cha va xiyobonlarni tozalash, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash, aholi yashash maskanlarining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔻O‘rganish davomida obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, ko‘kalamzorlashtirish hajmini oshirish, ekilgan ko‘chatlarni muntazam parvarishlash va aholining ushbu jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3