35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 22-Oltinsoy saylov okrugidan saylangan deputat Tagayeva Shaxnoza Omonovna tomonidan hududdagi mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining bugungi holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida deputat asosiy e’tiborni aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalariga qaratdi. Shuningdek, hududlardagi transformator punktlari, gaz taqsimlash inshootlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning texnik tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda mahalla fuqarolaridan tushgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi. Bir qator masalalar bo‘yicha joyida tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.