35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ro‘zmetova Gulsara Sapaevna Ko‘ktom mahallasida aholi muammolarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ro‘zmetova Gulsara Sapaevna Ko‘ktom mahallasining Bekturon ko‘chasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.

Muloqot davomida mahalla aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasida qator muammolar mavjudligi, xususan, ichimlik suvining xonadonlarga o‘z vaqtida va yetarli miqdorda yetib bormayotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputat fuqarolarning murojaatini e’tiborga olib, mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar oldida ko‘tarish, muammoni qonuniy tartibda hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi kiritishini ma’lum qildi.

Aholi murojaatlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatning doimiy e’tiborida bo‘lishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1