35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Qaror ijrosi o‘rganildi

 Qaror ijrosi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati, Kotibiyat bosh mutaxassisi
Azizbek Erkinov tomonidan Qo‘shko‘pir tumani “Paxtakor” mahalla fuqarolar
yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi
PQ-49-son qarori ijrosi o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida mazkur qarorda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash,
hudud infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun munosib
shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan
kechirildi.
 

Jumladan, G‘ozovot kanaliga nasos stansiyasini o‘rnatish hamda uni muqobil energiya manbai bilan
ta’minlash maqsadida quyosh panellarini o‘rnatish, Porloq va Baxt-saodat
ko‘chalarini asfaltlash, Abu Nasr Forobiy ko‘chasiga tungi yoritish
chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, piyodalar yo‘lakchasini qurish
bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
 

Mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hudud infratuzilmasini
yaxshilash, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda mahallada obodonlashtirish
ishlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1