35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik

2026-2027-o‘quv yili yaqinlashgani sari mamlakatimiz bo‘ylab ta’lim muassasalarida va xonadonlarda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktabga tayyorlash, ularni zarur o‘quv qurollari hamda sifatli maktab formalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ezgu va xayrli tashabbus doirasida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqarayev tomonidan tumandagi “Ag‘ron” mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.

Yangi o‘quv yili bo‘sag‘asida deputat tomonidan ushbu oilalarning maktab yoshidagi farzandlariga maxsus ajratilgan maktab formalari hamda dars jarayonlari uchun kerakli bo‘lgan barcha o‘quv qurollari to‘plami topshirildi. Ushbu amaliy yordam o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda boshlashlariga katta turtki bo‘ldi.Deputatlarning bunday amaliy tashabbuslari tuman bo‘ylab davom etmoqda va yangi 2026-2027-o‘quv yilini har bir xonadonda yuqori kayfiyat bilan kutib olishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3