35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
15-Naqqoshlik okrugida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan 15-Naqqoshlik saylov okrugida mahalla yettiligi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, tungi yoritish tizimini yaxshilash, ichimlik suvi va kommunal infratuzilma bilan bog‘liq masalalar, sanitariya-tozalikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada jamoat tartibini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4