35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI — YOSHLAR TASHABBUSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MAYDONI

Yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy Kengashlar faoliyatiga faol jalb etish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🔖 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-son qarori bilan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish tartibi tasdiqlangan.
Mazkur qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi ham tashkil etilgan.
👥 Yoshlar maslahat guruhi orqali yoshlarning:
🔹 mahalliy muammolar yuzasidan takliflarini ilgari surish;
🔹 ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy loyihalarda faol ishtirok etish;
🔹 Kengash faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilish;
🔹 yoshlar manfaatlarini ifoda etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari kengayadi.
🇺🇿 Yoshlar — jamiyat taraqqiyotining faol kuchi.
Ularning fikri, tashabbusi va takliflari mahalliy boshqaruvda munosib o‘rin egallashi muhim.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi — yoshlar ovozini Kengashga yetkazuvchi muhim platformadir!

Slide 1 of 1