35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat” loyihasi doirasida — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga munosib tuhfa

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat” loyihasi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuhrat Murotovich tashabbusi bilan Gavhar mahallasi fuqarolari, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini binosida kutubxona tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan kutubxona mahalla aholisi uchun ma’naviy-ma’rifiy maskan sifatida xizmat qiladi. Unda yoshlarning kitob mutolaasi bilan muntazam shug‘ullanishi, bilim va dunyoqarashini kengaytirishi, shuningdek, shaxmat va shashka kabi intellektual sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Shu bilan birga, kutubxona negizida hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati ham yaratildi. Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish hamda mahallada ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallalarda kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda “Obod mahalla” tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3