35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI: TABIIY GAZ TARMOĞIGA ULANISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida “Surxon sohili” mahallasining Xondamir va Surxon ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida hududda gaz quvurlari mavjud bo‘lishiga qaramay, ayrim xonadonlar hanuzgacha tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmaganligi aniqlandi.

Fuqarolar tomonidan ushbu muammoni hal etish, mavjud gaz tarmog‘iga ulanishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X. Berdimuratov nomiga deputat so‘rovi kiritilib, unda:

- gaz quvuri mavjud bo‘la turib, ayrim xonadonlarning tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmaganlik sabablari o‘rganilishi;

- mavjud gaz infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlari texnik jihatdan ko‘rib chiqilishi;

- gaz tarmog‘iga ulanishi mumkin bo‘lgan xonadonlar bo‘yicha zarur choralar belgilanishi;

- fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi;

- amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Aholining kommunal xizmatlardan to‘liq va sifatli foydalanishini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.