35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI: “SURXON SOHILI” MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida “Surxon sohili” mahallasining Jizzax va Surxon ko‘chalarida yashovchi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, elektr energiyasi kuchlanishining pastligi sababli maishiy texnika vositalarining to‘liq quvvatda ishlamayotgani hamda elektr ta’minotida qator noqulayliklar mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh. Ochilov nomiga deputat so‘rovi kiritilib, unda:

- elektr energiyasi kuchlanishining pasayish sabablari o‘rganilishi;

- hududdagi elektr tarmoqlari va transformator punktlarining texnik holati tahlil qilinishi;

- aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi;

- aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilishi;

- ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdan iborat.