35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
“Abdulla Avloniy” okrugida bunyodkorlik va infrastruktura — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatining haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan Kengash raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova o‘z saylov okrugi hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma obyektlarining holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

💬Nazorat tadbirida Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirok etdi.

💬Nazorat davomida hududdagi qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlarning sifati, ichki ko‘chalar va yo‘l infratuzilmasining holati, piyodalar yo‘laklari, tungi yoritish tizimi hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

💬Aholi muammosi ham e’tibordan chetda qolmadi. Nazorat jarayonida “Farxod” mahallasining Zilol ko‘chasida suv quvuri yorilgani aniqlandi.

💬Mazkur muammoni bartaraf etish, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatga yechim topish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

🫥Hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6