Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev, kotibiyat mutaxassislari S.Nomozov va L.Toshquvvatovlar, shuningdek, doimiy komissiya raislari A.Muhamadiyev, E.Nazarov hamda komissiya a’zolari ishtirokida joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sessiyaga kiritilishi rejalashtirilgan kun tartibidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida har bir masalaning mazmun-mohiyati, ijtimoiy ahamiyati hamda qabul qilinishi kutilgan qarorlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan jihatlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, sessiya muhokamasiga taqdim etiladigan hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda deputatlarning xizmat faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Deputat yon daftarchasi”ni yuritish tartibiga alohida e’tibor qaratildi.
Unda fuqarolar murojaatlarini qayd etish, ularning ijrosini nazorat qilish, saylovchilar bilan uchrashuvlar natijalarini aks ettirish hamda deputatlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni huquqiy talablar asosida rasmiylashtirish tartibi yuzasidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur ishlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini yana-da oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6