Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
CHILONZOR TUMANIDA “ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVLARI O‘TKAZILADI

Mahallalarda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, hududlarning fayzi va ko‘rkamligini oshirish, aholi o‘rtasida ozodalik va bunyodkorlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida Chilonzor tumanida “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” hamda “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi.

Mazkur ko‘rik-tanlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son hamda 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Ko‘rik-tanlovlar uchta nominatsiya bo‘yicha tashkil etiladi:

🔹 “Eng fayzli hovli”
🔹 “Eng obod ko‘cha”
🔹 “Eng namunali mahalla”

📆 Ko‘rik-tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

1️⃣ mahalla bosqichi — 9–14-noyabr kunlari;

2️⃣ tuman bosqichi — 16–25-noyabr kunlari;

3️⃣ hududiy bosqich-Toshkent shahar bosqichi — 26–30-noyabr kunlari.

🏆 Tuman bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar:

🥇 1-o‘rin — 20 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin — 15 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin — 10 mln so‘m miqdorida mukofotlanadi.

🏆 Hududiy (Toshkent shahar) bosqichda esa har bir nominatsiya bo‘yicha:

🥇 1-o‘rin — 50 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin — 30 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin — 20 mln so‘m miqdorida mukofot belgilanadi.

Mazkur ko‘rik-tanlov mahallalarda obod va farovon muhitni shakllantirish, ko‘cha va hovlilarni namunali saqlash, aholi tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

Obod mahalla — farovon hayot va aholi osoyishtaligining muhim omilidir!

Slide 1 of 1