Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Umarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi L.Toshquvvatovlar tomonidan Quyitosh mahallasi fuqarolarining murojaati asosida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, chiqindi to‘planishi holatlari, sanitariya-tozalik ishlarining tashkil etilishi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.
Aniqlanishicha, ayrim holatlarda maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib ketish ishlarida uzilishlar kuzatilayotgani sababli ko‘chalarda chiqindilar to‘planib qolishi holatlari yuzaga kelmoqda. Bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholi o‘rtasida haqli e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.
O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar e’tibori chiqindi tashish xizmatlarini samarali tashkil etish, belgilangan grafikka qat’iy rioya qilish hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish zarurligiga qaratildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
O‘rganish yakunida Turon ko‘chasida sanitariya va ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2