Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati J.Umarov tomonidan tuman markazida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat savdo do‘konlaridagi narx-navo holati hamda yozning issiq kunlarida tez buzilishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi kundalik iste’mol qiladigan asosiy turdagi mahsulotlar narxlari, ularning savdo nuqtalarida saqlanish holati, yaroqlilik muddatlari va sanitariya talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Tekshiruv jarayonida aksariyat savdo shoxobchalarida mahsulotlarni saqlash talablariga amal qilinayotgani qayd etilgan bo‘lsa-da, ayrim holatlarda tez aynib qoluvchi sut mahsulotlari, kolbasa va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda mas’uliyatni yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, yuqori harorat sharoitida mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmasa, bu aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, ayrim mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, savdo madaniyatiga qat’iy rioya qilish hamda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash har bir tadbirkorning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash va narxlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalalar yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2