Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalladagi chiqindi xizmatlari bilan bog‘liq muammo deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "Gʻishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla ko‘chaboshisi Isaqov Xayrulloxon bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi kommunal xizmatlar sifati va mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Suhbat davomida mahalla fuqarolari tomonidan Orasta, Jayxun va boshqa ichki ko‘chalarda maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Aniqlanishicha, mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan "Toza hudud" unitar korxonasi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzilgan bo‘lishiga qaramay, ayrim hududlarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

O‘rganish jarayonida mazkur holatning sanitariya holatiga, ekologik muhitga hamda fuqarolarning turmush qulayligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Mahalla faollari tomonidan chiqindilarni belgilangan jadval asosida muntazam olib chiqishni yo‘lga qo‘yish, xizmat sifatini yaxshilash hamda ushbu yo‘nalishdagi nazoratni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan ushbu masala deputat nazoratiga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5